Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ishxonasini tunayotgan xodim qo‘lga tushdi

Ishxonasini tunayotgan xodim qo‘lga tushdi

Foto: «IIV.UZ»

2020-yil 10-oktyabr kuni kelib tushgan tezkor ma’lumotga asosan Toshkent mintaqasi temir yo‘l transportida XTB To‘qimachi bekati XTB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Transportda XTBB Axborot xizmati xabar berdi.

Ishxonasidan 63 kg rangli metall o‘g‘irlab chiqib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Tadbir davomida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli VChD-2 korxonasining Janubiy darvozasi 3-chiqish joyidan ushbu korxona ishchisi jami 63 kg bo‘lgan mis rangli metallni korxona tashqarisiga olib chiqib ketayotganida ushlandi.

1992-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi X.B. o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan buyumlarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ VChD-2 korxonasiga tegishli bo‘lgan elektr mototsiklning tagiga yashirib qo‘ygan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring