Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori o‘zgardi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori o‘zgardi

Foto: «Islaminstitut.uz»

Bugun prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimov raisligidagi yig‘ilish o‘tkazilgan. Shu yig‘ilishda Ne’matulla Ibragimov akademiya rektorligidan ketgani ma’lum qilinib, Shuhrat Akmalovich Yovqochev yangi rektor sifatida tanishtirilgan. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

Uzoq yillar Sharqshunoslik institutiga rahbarlik qilib kelgan Ne’matulla Ibragimov shu yilning aprelida tashkil etilgan akademiyaga birinchi rektor etib tayinlangandi. U nima sababdan 4 oy ichida lavozimdan olingani ma’lum emas.

Shuhrat Yovqochev. Foto: «Kun.uz»

Xalqaro islom akademiyasining yangi rahbari etib tayinlangan Shuhrat Yovqochev 1964-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1988 yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1993-yilda Misr tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatiya akademiyasi diplomini olgan. Mutaxassisligi – sharqshunos va filolog. Siyosiy fanlar doktori, professor.

U  2005-2006-yillarda O‘zbekiston prezidentining millatlararo munosabatlar va din masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lgan, 2006-2007-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetiga rektorlik qilgan.

2007-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida jahon siyosati kafedrasiga mudirlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring