Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom Karimovga maktub: «Bobom bizni kutyapti»

Islom Karimovga maktub: «Bobom bizni kutyapti»

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillyaeva

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasi orqali tushlarida ko‘rayotgan otasiga maktub yo‘lladi. Quyida uni boricha e’tiboringizga havola qilamiz.

«Sizni yana tushimda ko‘rdim. Tushlarimga juda ko‘p kirasiz va ba’zida hali ham hayotsiz, mana hozirgina siz bilan xayrlashdik, men esa sizni har doimgidek yelkangizdan quchib, yuzingizdan o‘pib qo‘ygandek, taftingizni his qilgandek tuyg‘usi bilan uyg‘onib ketaman. Sizni juda-juda sog‘indim.... Bir yil oldin kabinetingizda bo‘lganimda, ish stolingiz ustidagi qo‘lyozmalaringizni olib, o‘z stol javonimga solib qo‘ygandim. Kuni kecha qizalog‘im Safiya (u olti yoshga kirdi va juda ham sizga o‘xshaydi), o‘sha javonni ochgan edi, ko‘z yoshlarimizni tiyib turolmadik...

Qizcham boshini ko‘targisi kelmas, chunki ko‘zlaridan duv-duv yoshlar oqar va yuziga tushar edi... Keyin esa ozgina vaqt o‘tib, u ko‘z yoshi aralash sukunatni yengishga harakat qilib, menga boqdi-da: «Men bobomning qabrlarini ziyorat qilmoqchiman. Ular bizni kutyaptilar», dedi.

Ba’zi sabablarga ko‘ra biz hozir Samarqandda emasmiz. Ammo bilamizki, siz, o‘zingizning yangi go‘zal maskaningiz, sevimli ona shahringiz bag‘rida, o‘z xalqingiz — o‘z farzandlaringiz, sizni sevgan va sevguvchi insonlarni kutyapsiz.

Men sizni yana tushimda ko‘rdim... Bu tush emas, misoli chin edi... Hayotsiz deb o‘yladim... Men o‘ngimda sizning yuzingizga tega olmasam-da, ammo qalblarimiz ruhan bir-biri bilan so‘zlashayotgandek, sizni ko‘ra olmasam-da, yonimda turib, meni tubdan kuzatayotgandeksiz, nazarimda... Men buni his qilyapman... Men buni bilaman...»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring