Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil bosh vaziri Netanyaxu shifoxonaga tushib qoldi

Isroil bosh vaziri Netanyaxu shifoxonaga tushib qoldi

Foto: «public domain»

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zini yomon his qilishi natijasida Quddusdagi shifoxonaga tushdi. Bu haqda hukumat rahbarining matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib «Aif.ru» sayti yozmoqda.

Bosh vazir harorat ko‘tarilishi va yo‘taldan shikoyat qilgan. Shifokorlar uni tekshirib, yordam ko‘rsatgach, uyiga ketishga ruxsat berishgan. Unga yuqori o‘pka yo‘llarining yengil virusli shamollashi tashxisi qo‘yilgan. Netanyaxuga zarur dorilar va osoyishtalik, hordiq chiqarish tavsiya etilgan.

Netanyaxu o‘zining «Twitter»dagi sahifasida sog‘lig‘i haqida qayg‘urganlarga minnatdorchilik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring