Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil politsiyasi 4 yashar falastinlikni ko‘rsatma olish uchun chaqirdi

Isroil politsiyasi 4 yashar falastinlikni ko‘rsatma olish uchun chaqirdi

Sharqiy Quddusning Isaviya mahallasida yashovchi 4 yoshli Muhammad Ilayyon politsiyachilarga tosh otishda ayblandi va otasi bilan birga politsiya markaziga kelishi talab qilindi.

«Anadolu» agentligiga tayanib Azon.uz tomonidan tarqatilgan xabarga ko‘ra, Muhammad otasi Rabii Ilayyon bilan birga politsiya markaziga borgan. Hodisa OAVning e’tiboriga tushganini ko‘rgan Isroil politsiyasi bolaning ko‘rsatma berish uchun chaqirilmaganini aytdi, biroq Rabii Ilayyon forma politsiyachi chaqiruv qog‘ozi tashlab ketganini ta’kidladi.

Politsiya mutasaddilari Rabii Ilayyonga o‘g‘li politsiyachilarga qaytib tosh otmasligi kerakligini uqtirgan. Muhammad esa bu paytda otasini tashqarida kutib turdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Isroil politsiyasi oxirgi paytda Isaviya mahallasida tez-tez reydlar o‘tkazmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring