Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroilda emlashga qarshi harakat yetakchisi koronavirusdan vafot etdi

Isroilda emlashga qarshi harakat yetakchisi koronavirusdan vafot etdi

Foto: «The Jerusalem Post»

Isroildagi COVID-19ga qarshi emlash harakati yetakchisi Xay Shaulyan koronavirus tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar bermoqda.

U ijtimoiy tarmoqlarda «Epidemiya yo‘q — vaksina xavfli va befoyda» degan jumlalar ostida emlashga qarshi shiorlarni tarqatgandi. Shualyan virusni yuqtirib olganidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan va kislorodli apparatga ulangandi.

«Agar apparatni yechib, uch metr yursam, hushimdan ketaman. Qattiq yo‘talyapman, bo‘g‘ilayotganimni his qilyapman», — degan u.

Keyinchalik Shualyan Quddus politsiyasi uni zaharlamoqchi bo‘lgani, shu bois uning ahvoli keskin yomonlashganini jar solgandi. Hatto, unga biror nima bo‘lsa, qotillikka urinish sifatida qaralishi mumkinligidan ogohlantirgan.

8-avgust kuni emlashga qarshi amerikalik radio boshlovchi Dik Farrel COVID-19dan vafot etgani va u o‘limidan oldin odamlarni emlashga chaqirgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bungacha Dik AQSh Demokratlar partiyasi a’zolari hech qachon virus uchun ijobiy sinov o‘tkazmasligini da’vo qilgan, chunki bu virus respublikachilarni aldash uchun yaratilgan uydirma ekanligini ta’kidlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring