Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

IT-maslahat. «Android» telefonida olingan rasm va boshqa fayllar kompyuterda qolib ketmasin desangiz...

IT-maslahat. «Android» telefonida olingan rasm va boshqa fayllar kompyuterda qolib ketmasin desangiz...

Foto: «Nv.ua»

«Android» telefonini kompyuterga ulab, uning multimedia resurslari (ichki va tashqi xotira kartasi)ni ko‘rishga ruxsat berganimizda «Moy kompyuter» oynasida telefonning modeli ko‘rsatilgan papka hosil bo‘ladi, biz odatda uning ichiga kirib ichki yoki tashqi xotira kartasining «DCIM» papkasidagi kamera orqali olingan video va fotolarni ko‘rib chiqamiz.

Ushbu fayllarni telefonning papkasida turib, ochib ko‘rmoqchi bo‘lgan paytimizda «Android» foto yoki videoni dastlab «Windows»ning C diskiga yuklab olib, keyin ochadi. Shunda ushbu ochilgan fayllar kompyuterning doimiy xotirasida qolib ketadi va ortiqcha joyni egallab turaveradi. Ushbu fayllar «Windows» operatsion tizimlarida quyidagi yo‘nalishdagi manzillarga kelib tushadi:

Win 7: C:\Users\”Sizning_joriy_foydalanuvchingiz”\AppData\Local\Temp

Win8/8.1/10: C:\Users\”Sizning_joriy_foydalanuvchingiz”\AppData\Local\Microsoft\Windows\INetCache\IE\

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tib, qolib ketgan fayllarni o‘chirib tashlashimiz mumkin.

«IT-specialist» kanali maslahati: ko‘rmoqchi bo‘lgan fayllaringizni dastlab kompyuterning muayyan papkasiga ko‘chirib olib, shundan keyin ulardan foydalaning, shunda yuqorida keltirilgan muammoga duch kelmaysiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring