Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiya tashqi ishlar vaziri Sharqiy Gutadagi zo‘ravonliklarda Damashqni aybladi

Italiya tashqi ishlar vaziri Sharqiy Gutadagi zo‘ravonliklarda Damashqni aybladi

Foto: «Interfaks»

Italiya tashqi ishlar vaziri Anjelino Alfano Damashq rejimini Sharqiy Gutadagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirining chorshanba kungi rasmiy bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda TASS.

«Damashq rejimi ushbu noinsoniy harakatlar uchun javobgardir. Men xalqaro va mintaqaviy kuchlarni, xususan, Suriyadagi vaziyatni yaxshilashga qaratilgan Ostona formati davlatlari Turkiya, Rossiya va Eronni ushbu zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga chaqiraman», — dedi Anjelino Alfano.

Jangarilar nazoratida bo‘lgan va hukumat qo‘shinlari tomonidan qamalga olingan Sharqiy Guta Suriyadagi sulhning kafili bo‘lgan mamlakatlar — Rossiya, Eron va Turkiya o‘rtasida 4-mayda imzolangan kelishuvga binoan harbiy harakatlardan xoli hududlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

BMT muntazam ravishda ushbu hududdagi vaziyat haqida tashvish bildirmoqda va insonparvarlik yordamini yetkazib berish uchun shart-sharoit yaratishga chaqirib kelmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) seshanba kuni Sharqiy Gutada beshta shifoxona hujumga uchraganligi haqidagi xabarlarni tekshirib ko‘rishini ma’lum qildi. JSST Damashq atrofidagi janglarda infratuzilma, shu jumladan tibbiy muassasalar vayron qilingani uchun ularni Suriyadagi ixtilof boshlangandan beri yuz bergan murakkab to‘qnashuvlardan biri deb hisoblaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring