Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi: bosh murabbiy izohi

Italiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi: bosh murabbiy izohi

Foto: «m.sports.ru»

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Shimoliy Irlandiyaga qarshi JCh-2022 saralashining so‘nggi bosqichi yakunlari haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini Football Italia nashri keltirmoqda.

Mutaxassis to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berganidan juda afsusda ekanligini aytdi. Uning fikricha, italiyaliklar jahon chempionatiga saralash guruhini boshqarishi kerak edi.

«Endi hech nima qilib bo‘lmaydi. Endi ishonchli o‘yin namoyish etishimiz kerak. Bahorda biz jahon chempionatida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritamiz va umid qilamanki, turnirda g‘alaba qozonamiz», – dedi Manchini.

15-noyabr kuni Italiya terma jamoasi guruh musobaqalarining yakuniy uchrashuvida Shimoliy Irlandiya termasi bilan durang o‘ynadi. Uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Xuddi shu guruhda Shveysariya terma jamoasi Bolgariyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, shveysariyaliklar 18 ochko jamg‘arib, guruh peshqadami bo‘ldi va Qatardagi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Italiyaliklar 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichida ishtirok etishadi. Qura tashlash marosimi 26-noyabr kuni Syurixda bo‘lib o‘tadi.

Italiyaliklar Yevropaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Milliy terma jamoa jahon chempionatlarida to‘rtta g‘alabaga erishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring