Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada koronavirus tufayli rekord darajada qurbonlar qayd etildi

Italiyada koronavirus tufayli rekord darajada qurbonlar qayd etildi

Foto: REUTERS / Flavio Lo Scalzo

Italiyada bir kunda 627 kishi koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi, bu infeksiya avj olganidan beri eng katta ko‘rsatkichdir.

Bir kun oldin Italiya ushbu kasallik qurbonlarining umumiy soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirgadi. Bugungi kunda mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 4032 tani tashkil qiladi.

Shu bilan birga, tuzalib ketganlarning soni ham ko‘payganini qayd etildi – kuniga 689 kishi, ularning umumiy soni 5129 ga etdi.

Hozirda 38 mingga yaqin italiyalik koronavirus bilan kasallangan, bu ko‘rsatkich so‘nggi kunda 4670 nafarga ko‘paygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring