Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyada toshqin sabab sayyohlar halok bo‘ldi

Italiyada toshqin sabab sayyohlar halok bo‘ldi

Foto: «Korrespondent.net»

Italiyaning Kalabriya hududida kutilmagan suv toshqini ro‘y berib, oqibatda sakkiz nafar sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Hodisa Pollino milliy bog‘i hududida sodir bo‘lgan. Daryo qirg‘og‘idan toshib, sayyohlar turgan Raganello g‘orini suv bosgan. Natijada 18 kishi evakuatsiya qilingan, 12 kishi kasalxonaga yotqizilgan. To‘rt ayol va to‘rt erkak halok bo‘lgan.

Hukumat bedarak yo‘qolganlar haqida e’lon qilgan. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini olib bormoqda. G‘orda toshqin vaqtida necha kishi bo‘lganligi noma’lum, shu sababli yo‘qolganlar sonini aniqlash imkoni bo‘lmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring