Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyadagi otishmada besh kishi jabrlandi

Italiyadagi otishmada besh kishi jabrlandi

Foto: «Telegraf»

Italiyaning Piza shahrida sodir bo‘lgan otishmada besh kishi kichik jarohat olgan. Bu haqda «La Nazione» gazetasiga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs mototsiklda ketayotgan bo‘lgan. Mojaroga shahar tashqarisida piyoda kishi va mototsiklchi o‘rtasidagi tortishuv sabab bщlgani aytilmoqda. Natijada besh kishi yengil jarohat olgan, barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga jo‘natilgan. Jinoyatchi yashirinishga ulgurgan. Politsiya qidiruv ishlarini olib bormoqda.

O‘tgan haftada italiyalik noyenatsist Luka Traini Macherata shahrida afrikalik muhojirlarga o‘q uzgandi. Natijada olti kishi jarohat olgan. Traini qo‘lga olingach, qilgan ishidan afsusda emasligini bildirgan, chunki u jabrlanuvchilarni narkodilerlarga aloqador deb hisoblagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring