Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyalik uchuvchi Istanbulda xavfli parvozni amalga oshirdi (video)

Italiyalik uchuvchi Istanbulda xavfli parvozni amalga oshirdi (video)

Foto: «Popmech.ru»

Italiyalik uchuvchi Dario Kosta avtomobil tunnellari orqali samolyotda parvoz qilib yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi «MIR 24».

Yengil motorli samolyotda uchuvchi Istanbuldagi ikkita tunneldan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Parvoz 44 soniyadan kamroq davom etdi. Shu vaqt ichida uchuvchi qariyb 2,5 kilometr masofani bosib o‘tdi.

Samolyot butun masofani yerdan 70-100 santimetr balandlikda uchib o‘tdi. Shu bilan birga, italiyalik uchuvchi parvoz traektoriyasini bino arxitekturasidagi o‘zgarishlarga moslashtirishiga to‘g‘ri kelgan. Shu paytgacha hali hech kim bunday tryukni amalga oshirmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring