Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘ldagi noxushliklar. Ehtiyot bo‘ling

Yo‘ldagi noxushliklar. Ehtiyot bo‘ling

Ichki ishlar bosh boshqarmasining matbuot xizmati Toshkent ko‘chalarida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

13-mart, soat 12:00da Mirobod tumani, A. Fitrat ko‘chasida «Damas» avtomobilini boshqarayotgan 40 yoshli haydovchi Shuxrat M. piyodani urib yubordi. Natijada 70 yoshli Dilorom. D tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. YTH sababi: haydovchi avtomobilni ortga boshqarish chog‘ida yo‘l chetida turgan piyodani ko‘rmagan.

Shu kuni, soat 12:00 atrofida Farg‘ona yo‘lida 30 yoshli Alisher K. «Spark» rusumidagi avtomobilni boshqarish vaqtida 34 yoshli Abdumalik A. boshqarib borayotgan «Kavasaki» skuteri bilan to‘qnashib ketgan. YTH natijasida skuter haydovchisi tan jarohatlari olgan va kasalxonaga joylashtirilgan. YTH sababi: «Spark» haydovchisi harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirgan va parallel yo‘nalishda borayotgan «Kavasaki» skuteri bilan to‘qnashib ketgan.

Hurmatli haydovchilar va piyodalar, yo‘lda harakatlanish vaqtida ehtiyot bo‘ling. Yo‘l harakati qoidalariga rioya eting! Bir biringizni hurmat qiling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring