Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Izboskanda yarim yilda YTH bo‘yicha 23 ta jinoiy ish ko‘rib chiqildi

Izboskanda yarim yilda YTH bo‘yicha 23 ta jinoiy ish ko‘rib chiqildi

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil 5 oy davomida Andijon viloyati Izboskan tuman sudi tomonidan JKning 266-moddasi bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar bartaraf qilish yuzasidan xususiy ajrimlar chiqarilib, tuman IIB YHXGga yuborilgan.

Mazkur xususiy ajrim muhokamasi, transport vositalaridan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar, ular oqibatida sodir etilayotgan transport hodisalari va ularning oldini olishga bag‘ishlangan yig‘ilish Izboskan tuman IIB YHXG binosida haydovchi va piyodalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudi raisi N.Zaynabidinov so‘zga chiqib, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzib, sodir etilgan jinoyatlar aksariyati Tuyachi-Poytug‘, Madaniyat-Andijon, Poytug‘-Andijon, Poytug‘-To‘rtko‘l yo‘nalishlarida yuz berib, turli turdagi tan jarohatlari, fuqarolarning hayotdan ko‘z yumishigacha bo‘lgan og‘ir oqibatlar kelib chiqmoqda. Shundan, yarim yil davomida yo‘l-transport hodisasi natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan hamda turli tan jarohatlari olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudi tomonidan 2018 (2017)-yilning 5 oyi davomida transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq jami 23 (20) shaxsga (2017-yil 5 oyiga nisbatan 3 (0,1%) nafar shaxsga oshgan) nisbatan jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan, shulardan 6 (4) shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan, 17 (16) ta shaxsga nisbatan ish O‘zbekiston Respublikasi JKning 661-moddasi asosida tugatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring