Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon banki O‘zbekistonda texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirmoqda

Jahon banki O‘zbekistonda texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirmoqda

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Jahon bankining O‘zbekistonda xususiy sektor faoliyatini o‘rganayotgan maxsus guruh vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati. 

Suhbat avvalida mehmonlar O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Jumladan, xalqaro vakillar e’tiboriga bir muddat avval faoliyatini boshlagan Mirzo Ulug‘bek Innovatsiya markazi hamda rejalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Jahon banki mutaxassislari e’tiboriga Innovatsiya markazi faoliyati doirasida O‘zbekistonga sarmoya kiritish hamda «nou-hau»lar, sarmoyadorlar kapitali uchun qulay ekotizim yaratishga xizmat qiladigan zarur texnologiya, tajriba va ko‘nikmalarni joriy qilish hamda IT-startaplarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan hamkorlik qilish g‘oyasi havola qilindi. 

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakatda «elektron tijorat», «salmoqli ma’lumot» (Big Data), shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa zamonaviy tendensiyalarini joriy qilish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Uchrashuvda tomonlar istiqboldagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring