Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionati kubogi bugun tarixda birinchi marta Toshkentga keladi

Jahon chempionati kubogi bugun tarixda birinchi marta Toshkentga keladi

Foto: www.the-uff.com

Avvalroq saytimizda jahon chempionati kubogi Toshkentga olib kelinishi haqida xabar bergan edik. Bugun ana shu kutilgan kun yetib keldi.

Bu tarixiy hodisa bo‘lib, shu paytga qadar  kubok yurtimizga olib kelinmagan. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kubokni O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari kutib olishadi. 

Futbol bo‘yicha jahon chempionati kubogini butun dunyo mamlakatlari bo‘ylab olib yurilishi ilk marta 2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan JChdan oldin bo‘lib o‘tgandi.

Bu safar JCh Kubogi 221 kun davomida 90ta shahar bo‘ylab olib o‘tiladi. JCh Kubogi mazkur turne doirasida jami 149 576 78 km masofani bosib o‘tadi.

JCh Kubogining og‘irligi 6,175 kg ni tashkil qiladi. JCh kubogi jahon chempionatida g‘alaba qozongan barcha mamlakatlar bo‘ylab olib o‘tilishini ham ta’kidlash kerak. Unga jahon chempionatida g‘alaba qozongan har bir mamlakatning nomi va g‘alaba qozongan yili o‘yib yozilgan.

Turne davomida butun dunyo bo‘ylab jami 800 000 dan ortiqroq odamlar JCh kubogi bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan mamlakat Rossiyada JCh Kubogining turnesi jami 123 kun davom etib, Rossiyaning 24ta shahrini kezib chiqadi va 26 000 km masofani bosib o‘tadi.

Ushbu turne ikki qismdan iborat bo‘ladi. 2017 yil bo‘lib o‘tgan turda JCh Kubogi 15ta shaharda bo‘ldi. 2018 yilning may oyidan boshlanadigan ikkinchi turda JCh Kubogi Rossiyaning 9ta shahri bo‘ylab o‘tadi va oxirida Moskva shahriga olib kelinadi.

Shuningdek, bugun JCh kubogi delegatsiyaci a’zolari bilan matbuot anjumani tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Toshkentga kelishidan avval jahon chempionati kubogi Sharqiy va Markaziy Osiyodagi to‘qqizta shaharni aylanib chiqdi.

Jumladan, 29 yanvar — Makao (Makao), 31 yanvar — Nukualofa (Tonga), 1 fevral — Xoniara (Salomon orollari), 1 fevral — Port-Mórsbi (Papua Yangi Gvineya), 3 fevral – Lahor (Pokiston), 4 fevral – Olmaota (Qozog‘iston), 5 fevral – Bishkek (Qirg‘iziston), Dushanbe (Tojikiston).

Toshkentdan keyin kubok Ashxobodga boradi va undan so‘ng Yerevan, Tbilisi, Baku, Valetta, Vena, Minsk, Sofia, Tel-Aviv, Larnaka, Ramalloh, Amman, Dubay, Xartum, Addis-Abeba, Nayrobi, Maputo, Yoxannesburg, Keyptaun, Kampala, Abudja, Lagos, Dakar, Abidjan, Qohira, Rim, Neapol, Parij, Kyoln, Oslo, Torshavn, Reykyavik, Tukuman, Berasategi, Buenos-Ayres, Rosario, Bogota, Panama, San-Xose, Gvadalaxara, Monterrey, Mexiko, Nyu-York, Mayami, Los-Anjeles, Frankfurt, Ulan-Bator, Pekin, Shanxay, Tokio, Osaka shaharlarini aylanib chiqib, oxiri Moskva shahriga yetib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring