Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon chempionati kubogi O‘zbekistonga 6-fevralda keladi

Jahon chempionati kubogi O‘zbekistonga 6-fevralda keladi

Jahon yulduzi Andrea Pirlo mundial kubogi bilan

Foto: «Sports.uz»

2018-yil 6-fevral kuni Toshkentda muhim voqelik ro‘y beradi — FIFA va «Coca-Cola» tomonidan Jahon chempionati kubogining yurtimizga olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda «Sports.uz» xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati Kubogining turnesi 2017-yilning sentyabr oyida Moskva shahridagi «Lujniki» stadionidan boshlangan. Ushbu turga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, FIFA prezidenti Janni Infantino, Jahon chempionlari - Bebeto va David Trezegalar start berishgandi.

Toshkentga kelishidan avval Jahon chempionati kubogi Sharqiy va Markaziy Osiyodagi to‘qqizta davlat poytaxtini aylanib chiqadi. Toshkentdan keyin esa yana 34 davlat poytaxtiga olib boriladi. Kubok Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari ichida birinchi bo‘lib Toshkentda to‘liq bir kun bo‘ladi.

JCh Kubogi iyun oyigacha 50dan oshiq mamlakatni aylanib chiqishini qo‘shimcha qilish zarur. Bu ushbu loyiha tarixidagi eng uzun turne hisoblanadi.

Quyida JCh-2018 kubogi boradigan yo‘nalishlar bilan tanishishingiz mumkin:

Jahon kubogi boradigan davlatlar

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring