Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionlari Osiyo chempionatiga yo‘l olishdi

Jahon chempionlari Osiyo chempionatiga yo‘l olishdi

Foto: «the-uff.com»

Janubiy Koreyaning Changvun shahrida 23-apreldan 6-mayga qadar 4-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yil Taylandda Jahon chempionligiga erishgan O‘zbekistonning zaif eshituvchilar terma jamoasi endi Osiyo chempionligi uchun kurashadi.

Murodjon Ahmedov boshchiligidagi terma jamoa Toshkentda 12-apreldan yig‘inga kirishgan bo‘lib, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig‘iga ko‘ra, zaif eshituvchilar terma jamoasi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi, deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.

Terma jamoa a’zolari «Chig‘atoy» sport bazasida yashab, «Bunyodkor» stadionida ikki mahal mashg‘ulot olib borishdi.

Shuningdek, zaif eshituvchilar terma jamoasi a’zolari uchun O‘FA tomonidan sport ekipirovkalari taqdim etildi. Janubiy Koreya vizasi bilan bog‘liq masalalar hal qilinib, Toshkent-Seul-Changvun yo‘nalishi bo‘ylab aviachiptalar xarid qilindi.

Zaif eshituvchilar o‘rtasidagi 4-Osiyo chempionatiga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tarkibi:

Hakim Ahmedov
Temirmalik Tursunov
Mirazamat Obidov
Rustambek G‘oipov
Jaloliddin Sobitbekov
Jaloliddin Qarshiyev
Rustam Berdiyev
Suhbatjon Hasanboyev
Diyor Murodov
Mirzabek Ikramov
Saidbek Yoqubjonov
Bahrom Sadiuaxxasov
Nuriddin Boyto‘rayev
Faig Mamedov
Akmal Abdulakimov
Anvar Abdurahmonov
Mirkamol Agzamov

Murodjon Ahmedov (o‘ynovchi murabbiy)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring