Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon iqtisodiyoti korrupsiya sabab bir yilda 2,6 trillion dollar yo‘qotadi

Jahon iqtisodiyoti korrupsiya sabab bir yilda 2,6 trillion dollar yo‘qotadi

Jahon iqtisodiyoti korrupsiya sabab bir yilda 2,6 trillion dollar yo‘qotadi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida e’lon qildi.

Bu mablag‘ global YaIMning 5 foizini tashkil qiladi.

«Korrupsiya har bir mamlakatda mavjud - boy va kambag‘alda ham, shimol va janubda ham. Korrupsiya odamlarni maktablar, kasalxonalardan mahrum qiladi, investorlarni qo‘rqitadi va tabiiy resurslarni suiste’mol qilishga olib keladi. U huquq ustunligini yo‘qotadi va boshqa jinoyatlarning sodir etilishiga sabab bo‘ladi», - deydi Gutterish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring