Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sloubolizatsiya»: jahon iqtisodiyoti o‘sishi 2020 yilda qanchaga sekinlashadi?

«Sloubolizatsiya»: jahon iqtisodiyoti o‘sishi 2020 yilda qanchaga sekinlashadi?

Foto: «Investorplace»

Jahon iqtisodiyoti o‘sishi 2020-yilda 3,4 foizgacha sekinlashadi — bu haqda PwC auditorlik kompaniyasi ekspertlari xulosa berishdi.

PwC tadqiqotlariga ko‘ra, 2020-yilda jahon iqtisodiyoti o‘sishi, xarid qobiliyati bo‘yicha hisoblanganda, 3,2 foizga pasayadi. Shu bilan birga, XXI-asrda jahon yalpi ichki mahsulotining o‘rtacha yillik o‘sishi 3,8 foizni tashkil etib kelayotgandi.

Global iqtisodiyot o‘sishidagi susayishni auditorlar «sloubolizatsiya» deb atashadi. Bunday sharoitda jahon savdosidagi ziddiyatlar global yetkazib berish zanjirlari va butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy integratsiyani qiyinlashtiradi.

2020-yilda global savdo uchun yagona umid manbai xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lib qolmoqda. Chunki xuddi shu yilda dunyo bo‘ylab xizmatlar eksporti rekord daraja — $ 7 trillionga chiqishi kutilmoqda. Bu yo‘nalishda AQSh va Buyuk Britaniya yetakchi eksportyorlar bo‘lib qoladi. Xitoy esa to‘rtinchi o‘rindagi Fransiya o‘rniga ko‘tarilishi kutilyapti.

«Katta yettilik» mamlakatlari ish o‘rinlarini yaratishda davom etadi. G7 mamlakatlari 2020-yilda 2 mln.ta ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. Beshta ish o‘rnidan to‘rttasi AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiyaga to‘g‘ri keladi.

2020-yilda jahon aholisi 7,7 mlrd. kishiga yetadi. Bu 10 yil oldingidan 10 foiz ko‘pdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring