Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon liderlari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Jahon liderlari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Ularda xorijiy hamkorlarimiz mamlakatimizning istiqlol yillaridagi yuksak muvaffaqiyatlarini alohida qayd etgan. Keyingi yillarda demokratik yangilanishlar, ko‘p millatli xalqimiz turmush sifati va farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishdagi natijalar, shuningdek, yangi O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi roli e’tirof etilishiga va mamlakatimiz xalqaro nufuzining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan konstruktiv va pragmatik tashqi siyosatni olib borishdagi yutuqlar ta’kidlangan.

Maktublarda davlatimiz rahbariga yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Qutlov egalari ro‘yxatida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, XXR raisi Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Jo Bayden, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev va amaldagi rahbar Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va boshqalar bor. 

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring