Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul kvotalari belgilandi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul kvotalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 21-iyun kuni «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018/2019-o‘quv yilida universitetning bakalavriatiga talabalarni qabul qilish kvotasini 150 kishi (shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 30 kishi), magistraturasiga 50 kishi (shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 10 kishi) etib belgilandi va qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilish imkoniyati berildi.

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul qilinadigan talabalar soni universitet tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda bakalavriatga qabul kvotasining 50 foizigacha bo‘lgan hisob-kitobdan (shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha magistratura uchun ajratilgan joylar sonining 20 foizi) hamda respublika tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali xalqaro mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarning zaxirasini to‘ldirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring