Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozorlarda banan yo‘qolib qolishi mumkin

Bozorlarda banan yo‘qolib qolishi mumkin

Foto: «Pixabay»

Ekvadordagi Sangay vulqoni otilishi dunyoda bananlar taqchilligiga sabab bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda «Zakon.kz».

Vulqon kullari kamida 83 ming gektar yer maydonini qoplab olgan, bular orasida banan yetishtiriluvchi hududlar ham bor. Fermerlar bu yil hosilining to‘rtdan bir qismini boy berib qo‘yishi ehtimoli katta, hasharotlarga qarshi maxsus qoplamadan foydalanuvchilargina hosilini saqlab qolishi mumkin.

Ekvador banan eksporti bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi, o‘z mahsulotini Yevropa, Yaqin Sharq, Rossiya, Qozog‘iston, jumladan, O‘zbekistonga ham yetkazib beradi.

«Lenta.ru» xabar berishicha, vulqon faolligi oqibatida banan eksporti 25-30 foizga pasayishi mumkin — bu bir yarim million qutiga teng.

Eslatib o‘tamiz, Sangay vulqoni 20-sentyabr kuni faollashgandi. Vulqon tutuni 10 kilometrgacha balandlikka o‘rlamoqda. Bolivar, Guayyas, Los-Rios va Chimborasodagi aholi uylarini kul qoplagan. Tabiat hodisasi mamlakat qishloq xo‘jaligiga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Guayakildagi xalqaro aeroport yopilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring