Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayevning ta’tilga chiqishi kechiktirildi

Jahongir Ortiqxo‘jayevning ta’tilga chiqishi kechiktirildi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi va Toshkent shahri hokimi bilan birgalikda beshta viloyat rahbari kecha, 17 yanvar kuni 10 kunlik mehnat ta’tiliga chiqqani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning mehnat ta’tili bahor fasliga ko‘chirilgan. Nima sababdan ta’til jadvali o‘zgartirilganiga hokimlik matbuot xizmati izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, e’lon qilingan jadvalga ko‘ra, 17-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev, Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov, Sirdaryo hokimi G‘ofur Mirzayev, Surxondaryo viloyati rahbari To‘ra Bobolov va Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovlar 10 kunlik muddatga mehnat ta’tiliga chiqqani qayd etilgandi.

2021-yil 28-yanvardan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari Murod Kamolov, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev, Navoiy hokimi Qobul Tursunov, Namangan hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Farg‘ona hokimi Xayrullo Bozorov va Xorazm viloyati rahbari Farhod Ermanovlar ham 10 kunlik mehnat ta’tiliga chiqishi aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring