Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonning eng boy kishisi bir kechada 6,5 mlrd. dollar ishladi

Jahonning eng boy kishisi bir kechada 6,5 mlrd. dollar ishladi

Foto: «Korrespondent»

«Amazon» kompaniyasi rahbari Jeff Bezos kompaniyasining aksiyalari 1-fevraldagi kechki sessiyada 6,2 foizga o‘sgach, bir kechada 6,5 mlrd dollar ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent» nashri xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, uning aktivlarining umumiy miqdori 123 milliard dollardan oshib ketdi. Bu dunyodagi eng boy odam ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda turgan Bill Geytsdan qariyb 30 milliard dollar ko‘p degani.

Yilning boshi Bezos uchun omadli boshlandi. U birgina yanvar oyida 17,4 milliard dollar ishladi.

«Amazon» aksiyasi so‘nggi oyda 19 foizga ko‘tarildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kompaniya ilk bor eng qimmat brendlar reytingidan o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring