Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janni Infantino Abdusalom Azizovga tabrik yo‘lladi

Janni Infantino Abdusalom Azizovga tabrik yo‘lladi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘FA prezidenti Abdusalom Azizovga tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

«Hurmatli, prezident!

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan sizga eng samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan mamnunman.

Sizning bilim va salohiyatingiz, rahbarlik tajribangiz ajoyib o‘yinimizning mamlakatingizda yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishiga aminman. Bu yo‘lda mening shaxsiy qo‘llab-quvvatlashim va FIFA tomonidan bildiriladigan ishonchga suyanishingiz mumkin. FIFAning eshiklari siz uchun hamisha ochiq bo‘lishini bildirmoqchiman.

Sizdan yangi saylangan vitse-prezident hamda Ijroqo‘m a’zolariga ham mening samimiy tabriklarimni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman.

Sizga va Siz rahbarligingizdagi jamoaga omad va barcha boshlagan ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Yaqin vaqt ichida siz bilan uchrashishga umid bildiraman. 

Eng ezgu tilaklarimni qabul qiling!» — deya tilak bildirgan Janni Infantino.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring