Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya bu yil Koreya urushiga rasman nuqta qo‘ymoqchi

Janubiy Koreya bu yil Koreya urushiga rasman nuqta qo‘ymoqchi

Foto:«Politicio.com»

Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva joriy yilda hukumat o‘z oldiga Koreya urushiga rasman barham berish maqsadini qo‘yganini ma’lum qilgan. Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Koreya urushiga rasman barham berilmagan, tinchlik sulhiga ko‘ra harbiy harakatlar to‘xtatilgan xolos. Ammo, 12-iyun sanasida Singapurda o‘tkazilgan Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Koreya sammitida Donald Tramp Kim Chen In bilan tinchlik bitimini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan edi.

Umuman olganda, prezident Mun Chje Inning davlat tepasiga kelishi bilan Janubiy va Shimoliy Koreya munosabatlari iliqlasha boshladi. Shu yilning o‘zida, ya’ni aprel va may oylarida betaraf hudud Pxanmunjomda ikki davlat rasmiylarining oliy darajadagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring