Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya dunyodagi eng katta quyosh elektr stansiyalari parkini barpo etadi

Janubiy Koreya dunyodagi eng katta quyosh elektr stansiyalari parkini barpo etadi

Foto: «Flickr»

Janubiy Koreya 2022-yilga borib 3 GVt quvvatli quyosh stansiyalariga ega bo‘lmoqchi. 2030-yilgacha esa bu ko‘rsatkich o‘n baravarga oshirilishi — mamlakatdagi quyosh stansiyalarining umumiy quvvati 30,8 GVt gacha yetkazilishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqda «PV Magazine» Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chjen Inga asoslanib xabar berdi.

Janubiy Koreya hozircha elektr energiyasining 8 foizini tiklanuvchi manbalardan olyapti. Shuning uchun ham mamlakat hukumati energetika tizimini tubdan isloh qilishga 8,8 mlrd. dollar ajratdi.

Tiklanuvchi energetika markazi Semangim innovatsion rivojlanish zonasidagi 409 kvadrat kilometr maydonda boshlanadi. Koreya Respublikasi 2030-yildan boshlab elektr energiyasining 20 foizini tiklanuvchi manbalardan olishni rejalashtirgan.

Semangimda quyosh stansiyalaridan tashqari, quvvati 1 GVt ga teng shamol stansiyasi ham quriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring