Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya O‘zbekistonda elektr stansiyasi quradi

Janubiy Koreya O‘zbekistonda elektr stansiyasi quradi

Foto: «Sputnik»

Janubiy Koreyaning mashhur «Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd.» kompaniyasi O‘zbekistonda elektr stansiyasi qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining «Telegram»dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, «O‘zbekenergo» AJdan Navoiy viloyatida quvvati 450 megavatt bo‘lgan elektrostansiyani qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqani haqidagi xat olingan.

Ushbu loyihaning qiymati 540 million AQSh dollari bo‘lib, qurilish ishlari 38 oy davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring