Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga keladi

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga keladi

Foto:«Review.uz»

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In aprel oyining o‘rtalarida O‘zbekisonga tashrif buyuradi. Bu haqda hozir Toshkentda bo‘lib turgan Koreya respublikasi delegatsiyasiga asoslanib, Podrobno.uz  xabar berdi.

Prezident tashrifi davomida Toshkentda katta biznes-forum va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tadbirlardan sanoat va qishloq xo‘jaligi, energitika sohasi bo‘yicha hamkorlik, logistika va infrastruktura bo‘yicha hamkorlik, millatlararo aloqalarni mustahkamlash masalasi ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Davlatlar o‘rtasidagi yillik tovar aylanmasi 1 milliard dollardan oshadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring