Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya zavodida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi bosh miya jarohatidan vafot etdi

Janubiy Koreya zavodida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi bosh miya jarohatidan vafot etdi

Foto: koreatimes.co.kr

2 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Yongnam shahridagi DHMC zavodida ishlagan O‘zbekiston fuqarosi Sharofiddin Choriyev (1995 y. t.) bosh miya jarohatidan vafot etdi. Bu haqda TIV rasmiy saytida xabar berilgan.

Vazirlik xabarida aytilishicha, Sharofiddin Choriyev Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha agentligi orqali Koreya Respublikasiga ketgan. Ayni vaqtda sud-tibbiy ekspertiza bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.

«Gazeta.uz» nashrining «The Korea Times» gazetasiga aoslanib yozishicha, hodisa o‘tgan chorshanba kuni kechqurun kemasozlik zavodida sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, qurilayotgan kema korpusining orqa qismiga payvandlangan 200 kilogramlik metal to‘sin tushib ketib, ishchining boshiga urilgan.

O‘zbekiston elchixonasi marhumning jasadini vataniga jo‘natish uchun o‘limni rasmiylashtirishda ko‘maklashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring