Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

5G. Boshqalar kutyapti, Janubiy Koreyada esa bir million abonent...

5G. Boshqalar kutyapti, Janubiy Koreyada esa bir million abonent...

Foto: «Ngmn.org»

Janubiy Koreyada 5G tarmog‘i abonentlari soni yarim million nafardan oshdi. Bu haqda «Maeil Business Newspaper» o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Demak, shu manbalarda aytilishicha, «beshinchi avlod» xizmatini ko‘rsatish boshlanganidan keyin, oradan 50 kun o‘tib, abonentlar soni 500 ming nafardan oshdi, ya’ni har kuni o‘rtacha 10 000 kishi xizmatga ulanyapti. Bundan bilish qiyinmaski, 2019-yilning iyun oyidayoq 5G da ilk millionlik dovon bosib o‘tiladi.


Mavzuga oid: Dunyodagi ilk tijoriy 5G-tarmoqqa 5 aprelda start beriladi


Xizmatlarni sotishga rasman 5-apreldan kirishilgandi, oradan to‘rt kun o‘tib 100 minginchi, may oyi boshiga kelib 400 minginchi abonent ro‘yxatga olindi. Hozir esa Koreya Respublikasida qariyb 600 ming kishi 5G dan foydalanyapti.

Shu sanoat vakillarining aytishlaricha, agarda 2019-iyunida «Samsung Galaxy Folder» smartfoni bozor peshtaxtalari yuzini ko‘rishga ulgursa, 5G start olganidan so‘ng uch oy ichida 1 million abonentli bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring