Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyadagi qurilishda kuchli portlash yuz berdi

Janubiy Koreyadagi qurilishda kuchli portlash yuz berdi

Foto:«Reuters»

Janubiy Koreyaning Sejon shahridagi qurilishda yuz bergan portlash va yong‘in oqibatida 32 kishi jabr ko‘rdi, ulardan 4 nafari juda og‘ir jarohat olgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Guvohlarning aytishicha Serom Don tumanida portlash yuz bergan va xuddi vulqon otilishiga o‘xshab qora tutun osmonga ko‘tarilgan.

«Ryonhap» agentligining xabar berishicha o‘t o‘chirish xizmatiga qurilishi davom etayotgan yer osti avtomobillar turarjoyidan yong‘in va portlash bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Hozir hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Xitoy markaziy televideniyesining xabar berishicha, jarohatlanganlar orasida 12 nafar xitoylik ham bor. Ular shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring