Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyalik investorlar «Tashkent City»da yuqori texnologiyali inshoot quradi

Janubiy Koreyalik investorlar «Tashkent City»da yuqori texnologiyali inshoot quradi

Foto: «Xabar.uz»

Janubiy Koreyaning yirik investori «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazidagi ob’yekt qurilishini o‘z zimmasiga oldi.

15-avgust kuni «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi va Janubiy Koreyaning «Bomi Engineering&Construction Co Ltd» ixtisoslashgan qurilish kompaniyasi o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolandi. Shu tarzda «Bomi Engineering&Construction Co Ltd»  kompaniyasi «Tashkent City» XIMning yangi investoriga aylandi va u yangi ob’yekt qurilishida ishtirok etadi. Koreya kompaniyasi ushbu loyiha uchun 50 mln dollar kiritadi. Bu haqda «Tashkent City» XIM matbuot xizmati xabar berdi.

Koreyaliklar ko‘p qavatli ofis binosini 2021-yilda qurib, bitkazish niyatida. Ushbu loyiha markazning eng yuqori texnologiyali inshootlaridan biriga aylanishi kutilyapti. Sarmoyadorlarning rejasiga ko‘ra, qurilishi rejalashtirilayotgan «A» sinfidagi biznes-markaz to‘liq «aqlli» texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring