Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Javob berildi: «GM Uzbekistan» avtomobillarining narxi tushiriladimi?

Javob berildi: «GM Uzbekistan» avtomobillarining narxi tushiriladimi?

Foto: «Trend»

2018-yildan boshlab, «GM Uzbekistan» AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 5 foizni tashkil etishi haqida ma’lum qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«Kun.uz» saytining xabar berishicha, «GM Uzbekistan​» AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 27 foizdan 5 foizga tushirilishi yangi ishlab chiqariladigan avtomobil narxiga ta’sir o‘tkazmaydi. Soddaroq qilib aytganda, «GM Uzbekistan​» AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasining pasaytirilishi bilan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan avtomobil narxi ​pasaymaydi.

Yengil avtomobil aksiz solig‘i 5 foiz etib belgilanishi valyuta liberallashuvi jarayonida milliy mashinasozlik korxonasini ziyonsiz saqlab qolish uchun qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan yengil avtomobillarning yangilangan narxi oshirilmasdan, ularning aksiz solig‘i pasaytirilgan.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring