Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Ispaniya va Portugaliya qiyinchilik bilan pley-offga chiqdi

JCh-2018. Ispaniya va Portugaliya qiyinchilik bilan pley-offga chiqdi

Foto: «fifa.com»

Jahon chempionatining «B» guruhida 3-tur bellashuvlari nihoyatda qizg‘in tarzda ketdi. Eron va Portugaliya o‘yinida eronliklar jiddiy qarshilik ko‘rsatishi aniq edi, ammo ispanlar bilan o‘yinda Marokashdan bu darajada shiddat kutilmagandi.

Hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqargan Ispaniya va Marokash terma jamoalari o‘yinida Afrika qit’asi vakillari kutilmaganda juda hujumkor bahs taklif qilishdi. Mundialni tark etgani aniq bo‘lib ulgurganiga qaramay, marokashliklar nomdor raqibga keskin qarshilik ko‘rsata oldilar. Ispaniya so‘nggi daqiqalardagina hisobni tenglashtirishga erishdi. Bunda ham ularga VAR tizimi yordam berdi. O‘yinnig 91-daqiqasida Aspas tovoni bilan gol urdi. Yon hakam Jahongir Saidov ofsayd qayd etdi. Ravshan Ermatov esa VAR tizimiga murojaat qildi va bu golni hisobga oldi. Ushbu muhim gol ispanlarga guruhda birinchi o‘rinni taqdim etdi.

3-tur, «B» guruhi

Ispaniya - Marokash 2:2

Gollar: Isko 19, Ya.Aspas 90+2 – H.Butaib 14, Y.En Nesiri 81

Ispaniya: 1.David De Xea, 3.Jerar Pike, 18.Xordi Alba, 2.Daniel Karvaxal, 15.Serxio Ramos, 5.Serxio Buskets, 6.Andres Inesta, 22.Isko, 10.Tyago Alkantara (20.Marko Asensio, 74), 21.David Silva (Rodrigo, 84), 19.Diyego Diyego Kosta (17.Yago Aspas, 74).

Marokash: 12.Munir El Muhammadi, 2.Ashraf Hakimi, 4.Manuel da Koshta, 6.Romain Saiss, 17.Nabil Dirar, 10.Yunus Belxanda (11.Faysal Fajr, 63), 14.Mubarak Bussufa, 7.Hakim Ziyech (20.Aziz Buadduz, 85), 8.Karim El-Axmadi, 16.Nordin Amrabat, 13.Holid Butaib (19.Yussuf En Nesiri, 72).

Ogohlantirishlar: El Ahmadi 22, N.Amrabat 29, Koshta 31, M.Bussufa 31, Munir El Muhammadi 89, A.Hakimi 90


Ispanlarning guruhda birinchi o‘rinni olishiga Eron termasi va yana VAR tizimi sababchi bo‘ldi. Umuman, juda yuqori bosimda o‘tgan Portugaliya va Eron o‘rtasidagi bahsda bosh hakam bir necha bor VAR tizimiga murojaat qildi. Ronaldu jarima maydonida yiqilgan vaziyatda videotakrorga qarab penalti belgilandi, ammo Krishtianu bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Bir vaziyatda Ronalduning o‘zi raqibga atay qo‘pollik ishlatdi va VAR tizimini kuzatgach, hakam unga sariq kartochka berdi. Uchrashuv oxirlarida Portugaliya darvozasiga videotakror ko‘magida penalti belgilandi va eronlik futbolchi bundan foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Bungacha birinchi bo‘lim oxirlarida Kuarejma chiroyli zarba bilan hisobni ochgan edi. Eron so‘nggi soniyalarda g‘alabani ilib ketishi va Portugaliyani guruh bosqichida qoldirib ketishi ham mumkin edi. Mehdi Tarimi darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib, to‘g‘ri zarba bera olmadi.

3-tur, «B» guruhi

Eron – Portugaliya 1:1

Gollar: Ansarifard 90+3 - Kuarejma 45.

Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 23.Ramin Rizoyan, 19.Majid Hussayni, 8.Murtazo Puraliganji, 3.Ehson Xojisafi (Milad Muhammadi 56), 6.Said Izzatullohi (Ansarifard 76), 18.Alirizo Jahonbahsh (Goddos 70), 17.Mehdi Tarimi, 9.Omid Ibrohimi, 11.Vohid Amiri, 20.Sardor Azmun.

Portugaliya: 1.Ruy Patrisiu, 6.Joze Fonte, 21.Sedrik Suaresh, 3.Pepe, 5.Rafael Gerreyru, 20.Rikardo Kuarejma (Bernardu Silva 70), 14.Vilyam Karvalyu, 23.Adriyen Silva, 10.Joau Mariu (Moutino 84), 9.Andre Silva (Gedesh 90+5), 7.Krishtianu Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Xojisafi 50, Azmun 50 - Gerreyru 33, Kuarejma 64, Ronaldu 83, Sedrik 90+7.

Urilmagan penalti: Ronaldu 52.

Turnir jadvali

«B» guruhi

O‘

G‘

D

M

U/G

O‘/G

O

1 Ispaniya

3

1

2

0

6

5

5

2 Portugaliya

3

1

2

0

5

4

5

3  Eron

3

1

1

1

2

2

4

4  Marokash

3

0

1

2

2

4

1

Shu tarzda guruhda birinchi o‘rinni olgan Ispaniya nimchorak finalida Rossiya bilan, Portugaliya esa Urugvay bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring