Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jenevadagi avtosalonda soatiga 500 kilometr tezlikda harakatlanadigan avtomobil taqdim etiladi

Jenevadagi avtosalonda soatiga 500 kilometr tezlikda harakatlanadigan avtomobil taqdim etiladi

«Corbellati Missile» avtomobili.

Foto: «NV.ua»

Italiyaning «Corbellati» kompaniyasi Jenevadagi avtosalonda o‘zining «Missile» nomli giperkarini namoyish etishni rejalashtirmoqda. Mazkur avtomobil zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi unchalik katta bo‘lmagan «Corbellati» kompaniyasining ilk avtomobili hisoblanadi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Corbellati Missile» 1825 ot kuchiga ega. Unga 9,0 litrli V8 biturbo dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, avtomobilning maksimal tezligi soatiga 500 kilometrgacha yetishi mumkin.

«Corbellati»ning maqsadi dunyodagi eng tezkor avtomobilni yaratish. Kompaniya ushbu avtomobilning maksimal tezligini soatiga 498 kilometrga yetkazgan. Hozirda esa dunyodagi eng tezkor avtomobil «Koenigsegg Agera RS» hisoblanadi. U 2017 yilning kuzida soatiga 444,6 kilometr tezlikda harakatlanib, birinchilikka erishgan edi.

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi «Alfa Romeo 33 Stradale» va «Ferrari 330 P4» klassik sportkarlarini yodga soladi. Uning korpusi mutlaq uglerod tolasidan tayyorlangan. Bundan tashqari ma’lum bo‘lishicha, avtomobil olti pog‘onali uzatmalar qutisi va karbon tormozlar bilan jihozlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring