Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda xudkush o‘zini portlatishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda xudkush o‘zini portlatishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Afg‘onistonning Sari Pul viloyatida IShIDga a’zo xudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Afg‘oniston Qurolli kuchlariga qarashli «Shohin» guruhi harbiysi Muhammad Hanif Rizoiyning aytishicha, portlash bugun Sayyod tumanida «Tolibon» jangarilari boshliqlaridan biri Shira Muhammad Gazanfarning dafn marosimi o‘tkazilayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi harojatlangan.

Rizoiyning qo‘shimcha qilishicha, Gazanfar kecha IShID jangarilari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan. Uning akasi esa bugun halok bo‘ldi.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan «Tolibon» jangarilari o‘rtasidagi ziddiyat avval qishloq va tumanlarda kuzatilgan bo‘lsa, endi yirik shaharlarga ko‘chdi. Shuningdek, mamlakatga IShID terrorchi guruhi ham xavf solyapti.

Milliy mudofaa xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda mamlakat bo‘ylab terrorizmga qarshi kurash olib boryapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring