Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi

Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi

Joriy yilning 14 may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Natijada «Oqqo‘rg‘onlik, «Tinchlik», «H.Olimjon», «Ulug‘bek» hamda «Ziyokor» mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir nechta xonadonga suv kirdi. Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring