Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘lgan ayol va uning sherigiga hukm o‘qildi

Jizzaxda chaqalog‘ini pullamoqchi bo‘lgan ayol va uning sherigiga hukm o‘qildi

Oila muqaddas, farzand yaratganning ulug‘ ne’mati sifatida ardoq va e’zozga munosib. Ammo ayrim kimsalar tomonidan sodir etilgan ijtimoiy qilmishlarni ko‘rib, nahot inson bolasi shu qadar tubanlikka boradi degan o‘yga boradi kishi.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiobod tuman sudi tomonidan fuqarolar E.Sh.R va M.M.E ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining «a» bandi (odam savdosi) bilan yuritilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Fuqarolar — E.Sh.R va M.M.E oldindan til biriktirib, 2018-yil 11-iyun kuni soat 20:40 larda Zarbdor tumani Oybek mahallasi hududida o‘zlarining 2018-yil 19-may kuni tug‘ilgan «Kumush» ismli chaqalog‘ini M.Hazratqulovaga 17 000 000 so‘mga sotayotgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiobod tuman sudining 2018-yil 24-oktyabr kungi hukmiga ko‘ra, fuqarolar E.Sh.R va M.M.E O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining «a» bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biriga 5 (besh) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

F.Zarifov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring