Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda imkoniyati cheklanganlar uchun bepul IT kurslar tashkil etildi

Jizzaxda imkoniyati cheklanganlar uchun bepul IT kurslar tashkil etildi

Aholining imkoniyati cheklangan vakillarini IT sohasida daromad topishga o‘rgatish maqsadida Jizzax viloyati, Paxtakor tumanida joylashgan IT-markazda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etildi.

Nogironlar jamiyatining Paxtakor tuman bo‘limi tomonidan  IT sohasida kasbga o‘qitish maqsadida Paxtakor tumanida joylashgan IT–markazga kompyuter, rangli printer, proyektor va mebel jihozlari beg‘araz foydalanish maqsadida topshirildi.

Endilikda tumandagi barcha imkoniyati cheklangan fuqarolar IT-markazga tashrif buyurib bepul kurslarida ta’lim olishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring