Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda mahkum o‘z joniga qasd qildi

Jizzaxda mahkum o‘z joniga qasd qildi

Joriy yilning 17 noyabr kuni soat 15:00 atrofida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-sonli manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum o‘z joyini tashlab ketgan va Baxmal tumani hududida joniga qasd qilgan.Bu xaqda Jizzax viloyati IIB ma’lum qildi.

Shartnoma asosida Sharof Rashidov tumani, Qaxramon MFY hududida joylashgan MChJda ishlayotgan mahkum o‘z ish joyini tashlab ketadi. Shu kuni soat 22:00 lar atrofida o‘zi yashagan Baxmal tumani, Qirqqishloq aholi punktiga borib, qo‘shinisining o‘ng qo‘l kafti va qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir necha marta jaroxat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Jabrlanuvchi qorin bo‘shlig‘iga o‘tkir tig‘li jism bilan sanchilib kirgan jaroxati tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsning jasadi 18 noyabr kuni soat 00:30larda Baxmal tumani hududidagi «Chorshanba» dexqon bozoridan topilgan. U bozor hududidagi savdo do‘koni ayvoniga o‘zini osgani xabar qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring