Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboylik jurnalist Malayziyaga 2 kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Jomboylik jurnalist Malayziyaga 2 kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Foto:Huquqiy axborot

Adliya vazirligi tomonidan aholida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan doimiy tanishib boradigan bilimdon fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida tanlov tashkil etilgan edi.

Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkonini beruvchi mazkur tanlov 3-bosqichda o‘tkazilib, unda 15 ming 368 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.

Odilov Orifjon Odiljon o‘g‘li («Jomboy»  gazetasi muxbiri) tanlovning mutlaq g‘olibi deb topildi.

Bundan tashqari hakamlar hay’ati qaroriga asosan tanlovda faol ishtirok etgan Babayev Shuxrat Mustafo o‘g‘li (Milliy universitet kimyo fakulteti 4-kurs talabasi) hamda Otaboyev Abror Hamdamovich (O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi bo‘lim mudiri) ham diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring