Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jumamuratovlar xonadonida yana egizak qizlar tug‘ildi. Bu safar birdaniga uch nafar!

Jumamuratovlar xonadonida yana egizak qizlar tug‘ildi. Bu safar birdaniga uch nafar!

Foto: «Kruz.uz»

23-yanvar kүni Nukus tumani «Aqterek» MFYda istiqomat qiluvchi Murat Jumamuratov va Nargiza Menglibekova oilasida uch egizak qiz dunyoga keldi. Bu haqda «Kruz.uz» xabar bermoqda.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda onaning ham, egizaklarning ham sog‘lig‘i joyida. Ular shifokorlar nazoratida. Egizaklar holidan tuman hokimligining ma’sul xodimlari xabar olib, turli sovg‘a-salomlar bilan siylashgan.

Foto: «Kruz.uz»

E’tiborlisi, uch egizakning Aydana va Gүldana ismli egizak opalari ham bor.

Egizak qizlarga qanday ism qo‘yilgani hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring