Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kalamush deputatlarni qo‘rqitib yubordi (video)

Kalamush deputatlarni qo‘rqitib yubordi (video)

Skrinshot

Ispaniyaning muxtor Andalusiya viloyati parlamentining 21-iyul kungi yig‘ilishi kalamush sababli bir necha daqiqaga to‘xtab qoldi. Noyob hodisa videosini «Reuters» taqdim etdi.

Vaholanki, kutilmagan mehmon «tashrif buyurgan» paytda deputatlar juda muhim masalani — Susana Dias senatorlikka loyiqmi yoki yo‘qmi, muhokama qilishayotgandi.

Kalamushni payqagan ayrimlar sakrab o‘rnidan turib ketdi, ba’zi birovlar esa qochib qoldi. Aftidan, kalamushni birinchi bo‘lib ko‘rib qolgan parlament spikeri Marta Boske qo‘rquvini beixtiyor mikrofonda oshkor qilib qo‘ygani ta’sir qilgan. Kemiruvchini qidirishga tutinganlar ham bo‘ldi.

Xullas, jonivor qanday kirib kelgan bo‘lsa, shunday iziga qaytdi.

Darvoqe, kun tartibidagi masalani ham oxiriga yetkazib qo‘yishdi: ko‘pchilik ovoz bilan Susana Dias senator bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring