Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kameraga tushib, jarimani to‘lamay yurganlarga qarshi «ov» e’lon qilindi (video)

Kameraga tushib, jarimani to‘lamay yurganlarga qarshi «ov» e’lon qilindi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 30-yanvar kunidan boshlab, Toshkent shahar IIBB YHXB, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonchalariga kiritish tadbirlari boshlandi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga asosan («Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi») transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

Xususan, jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha transport vositalarini jarima solish haqidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun o‘tgach, jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring