Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanada poytaxti rasman millioner-shaharga aylandi

Kanada poytaxti rasman millioner-shaharga aylandi

Foto: «Rcinet.ca»

Kanada poytaxti — Ottava shahri aholisi soni bir million kishiga yetdi. Bu haqda «Regnum» axborot agentligi Kanada milliy statistika byurosiga asoslanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu hafta boshida 28 kishi propiska olganidan so‘ng ushbu dovon zabt etilgan. Ertaga, 14-iyun kuni Ottavada bu tarixiy natijani katta tantana qilishmoqchi.

Ma’lumot uchun: Kanadadagi eng yirik megapolis Toronto — aholisi 2,7 million kishi. Qolaversa, Monreal (1,7 mln.) va Kalgari (1,26 mln.) ham millioner-shaharlar sanaladi. Poytaxt Ottava bu ro‘yxatga to‘rtinchi bo‘lib qo‘shildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring