Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanadada echki bilan bolani adashtirib qo‘yishdi

Kanadada echki bilan bolani adashtirib qo‘yishdi

Foto: «Russianweek.ca»

Kanadaning Ottava shahri yaqinida echkining ma’rashi bilan bolaning yig‘isini adashtirib qo‘yishdi, deb yozadi «CTV News».

Xabarga ko‘ra, voqea 27-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Ottava politsiyasiga shahar aholisidan bolaning yig‘lab yordam chaqirayotganini eshitgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Politsiyachilar voqea joyiga yetib borishgan, biroq hech kimni topisholmagan.

Shundan so‘ng ular qo‘shnilarni so‘rab-surishtirishga qaror qilishadi. Ma’lum bo‘lishicha, «dod-faryod» manbai boshi devorga tiqilib qolgan qo‘shnilarning echkisi ekan.

«Echkining ma’rashi bolaning yig‘isiga o‘xshashini bilib oldik», — deydi politsiyachi Emi Gagnon.

Shunga qaramay, u shahar aholisini noxushlikni sezgan zahoti politsiyaga murojaat qilishga chaqirdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring