Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadalik olimlar abadiy tish plombalarini yaratishdi

Kanadalik olimlar abadiy tish plombalarini yaratishdi

Foto: «Hi-News»

Sayyoramizdagi ko‘plab odamlarning tish bilan bog‘liq muammolari mavjud. Deyarli har birimizning tishimizga plomba o‘rnatilgan. Ammo plombalar uzoq muddat xizmat qilmaydi. Ularni tez-tez almashtirib turish kerak. Biroq yaqinda olimlar bir insonning butun umriga yetadigan plomba materialini yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-News».

Plombalarning tushib qolishi va parchalanishiga asosan tish va plomba orasida ko‘payadigan bakteriyalar sababchi bo‘ladi. U stomatolog shifokor ishining sifatidan qat’i nazar baribir paydo bo‘ladi. Plombaning yangi turi esa an’naviy plombalardan farq qiladi va u bir necha o‘n yil xizmat qilishi mumkin.

Plombalarni o‘rnatishda antibiotiklardan foydalaniladi, biroq ular bir necha haftagina ta’sir ko‘rsatadi. Yangi plombalarning o‘ziga xosligi uning tarkibida. Ya’ni uning tarkibiga antibiotiklarning nanozarralari aralashtirilgan bo‘lib, u qotishmaning mustahkamligini yaxshilaydi, mikroblarga bardoshliligini oshiradi, shuningdek, uning bu kabi sifatlari vaqt o‘tishi bilan yo‘qolmaydi. 

Yangi materialdan foydalangan holda o‘tkazilgan dastlabki tajribalar o‘z samarasini ko‘rsatib ulgurdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring